Konte "Napoli" rahbariga "Chelsi"ni futbolchisini olib kelishini buyurdi

  • 7 iyun, 16:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Trevo Chaloba A Seriyada faoliyatini davom ettirishi mumkin. 2024/2025 yilgi mavsumda Italiya chempioni bo‘lgan "Napoli" 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte shaxsan qiziqish bildirgan. Chaloba "aristokratlar" bilan 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evro atrofida baholamoqda. 
 
O‘tgan mavsumda Trevo 33 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan jamoasiga hissa qo‘shgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!