Konte "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi

  • 1 may, 2019, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antonio Konte faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli italiyalik mutaxassis yana Angliya premer-ligasida ishlamoqchi. Ta’kidlash lozimki uning so‘nggi ish joyi Londonning "Chelsi" klubi bo‘lgandi.

Konte "Manchester Yunayted"ni boshqarmoqchi. Ammo, endi buning uchun u so‘nggi uchrashuvlarda qayd etilgan muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsherning iste’foga chiqarilishini kutishi kerak.

Eslatib o‘tish lozimki, Konteda MYuni Mourino iste’fosidan so‘ng qabul qilib olish imkoni ham bor edi. Ammo, Antonio mavsum o‘rtasida jamoani boshqarishni istamagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!