Konte "Jenoa"ga qarshi o‘yinda (2:2) ochko yo‘qotilganidan norozi bo‘ldi

  • 12 may, 03:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" A Seriyaning 36-turida durang qayd etdi. Jamoa turnir jadvalida etakchilik qilmoqda va 2 tur qolganda "Inter"dan 1 ochkoga ustun. Ushbu bellashuvdan so‘ng neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte bo‘lib o‘tgan uchrashuvi haqida gapirdi.

Tecno

— "Jenoa" ikki marta darvoza tomon aniq zarba berdi va shu ikkisi ham golga aylandi. Futbolda bunday hollar uchrab turadi. Agar gol o‘tkazgan bo‘lsangiz, demak, nimanidir yaxshi qilmagansiz. Bu xafsalani pir qiladi. Chunki biz yaratgan imkoniyatlar fonida g‘alabaga loyiq edik. Shu bois, bizda afsus va achchiq qoldi.

Mavsum boshida ochko yo‘qotsak ham ranjirdim, endi esa oxiriga 3 tur qolganda bu borada jiddiy xafaman. Biroq, bu futbol – bunday hollar bo‘lib turadi. Yigitlarimdan ko‘proq narsa talab qila olmayman. Ular raqib darvozasiga 22 marta zarba berishdi, shundan 11 tasi — to‘g‘ri. Biz to‘p nazoratida ustunlik qildik, ammo oxirida natija — durang. Bunday vaziyatlar ustida ishlashimiz shart.

Biz bu ikki ochkoni yo‘qotishga loyiq emasdik. Lekin ayni paytda bu o‘yindagi ustunlikni boy berdik. Ilgariroq chempionlik uchun 3 o‘yinda 7 ochko jamg‘arishimiz kerak edi. Endi esa 2 o‘yinda 6 ochko to‘plashimiz talab etiladi. Agar bunga erishsak — bu baribir ajoyib natija bo‘ladi.

Oxirgi ikki tur — bizning haqiqiy maqsadimizni aks ettiradi. Bu mavsum boshida tasavvurga ham sig‘maydigan maqsad edi. Bunga erishish — fantastik bo‘ladi. Bizning muxlislar, Neapol ahli bu ishtiyoqqa sazovor. Biz hali ham o‘z imkoniyatlarimizning chegarasidan o‘tyapmiz. Shuning uchun bu bolalarga faqat minnatdorchilik bildirish mumkin. Bugungi achchiq tuyg‘ular — natija adolatsiz bo‘lgani uchundir. Lekin men har doim aytaman: mayda detallar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz aynan shu jihatlarda yaxshiroq o‘ynay olardik, — dedi "Napoli" bosh murabbiyi DAZN'ga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!