
Konte "Inter" bosh murabbiyi sifatida qachon e’lon qilinadi?
"Chelsi" hamda "Yuventus" klublari va Italiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte tez orada "Inter"da ish boshlaydi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 49 yoshli italiyalik mutaxassis “neradzurrilar” bilan dastlabki shartnomani imzolagan. Hozircha ushbu shartnoma muddati qanchaga tuzilgani ma’lum emas. Biroq, Konte milanliklar safida yiliga 10 mln evro maosh oladi. Bu haqda rasman 28 may kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Luchano Spalletti boshqaruvidagi “Inter” A Seriyaning so‘nggi turi oldidan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar