Konor MakGregorning murabbiyi: "U tayyor!"

  • 18 iyul, 2022, 21:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregorning murabbiy Jon Kavani shogirdining formasi haqida gapirdi.

"U sog‘lom, baxtli va avvalgi jismoniy holatiga qaytib olganidan xursand. Sport zalidagi so‘nggi mashg‘ulotlarimiz MMAga qaratilgan, u tayyor. U mashg‘ulotlarda qattiq ter to‘kmoqda. Konor sparringda birorta zarba o‘tkazib yubormayapti.

Ishonavering, kecha u bilan biroz kurashishim kerakligin his qildim. Uning qo‘li bo‘yningizda turganda, avvalgidan ko‘proq xavf tug‘diradi. Shuning uchun hozir u juda kuchli",-dedi Kavani.

Ma’lumot uchun, MakGregor so‘nggi jangini 2021 yilning 11 iyulida Dastin Porega qarshi o‘tkazib, oyog‘ini sindirib olgani uchun muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchragandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!