"Komo" jamoa murabbiyini Italiyaning boshqa klubiga qo‘yib yubormoqchi emas

  • 5 iyun, 10:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Komo" klubi A Seriyadagi debyut mavsumida o‘ninchi o‘rinni egallagan bosh murabbiy Sesk Fabregas bilan xayrlashishni xohlamayapti.

Tecno

Jurnalist Janluka di Martsioning ma’lum qilishicha, "Komo" Milanning "Inter" klubi qo‘lga kiritishga intilayotgan Fabregasni saqlab qolmoqchi. "Neradzurrilar" "Al-Hilol"ga o‘tgan Simone Indzagining o‘rnini bosadigan murabbiy izlamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, Fabregasning kelajagi masalasi yaqin kunlarda hal etilishi kutilmoqda. Murabbiyning o‘zi allaqachon "Inter" rahbariyati bilan uchrashib, jamoani qayta shakllantirish bo‘yicha o‘z talablarini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!