Kolosovskiy "Metallurg" bilan xayrlashdi

  • 3 noyabr, 2024, 11:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi mavsum tugashiga to‘rt tur qolganda “Metallurg” professional futbol klubi jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy hamda uning yordamchisi Denis Toymentsev bilan ikki yoqlama kelishuvga ko‘ra shartnomani to‘xtatdi.

Tecno

"Metallurg” PFK Kolosovskiy hamda Toymentsevga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularning kelgusi ishlariga omad tilaydi.

Bugun OKMKga qarshi bo‘lib o‘tadigan Toshkent viloyati derbisiga jamoani faoliyatini davom ettirayotgan murabbiylar shtabi olib chiqadi. Jamoa boshqaruvida yuz beradigan o‘zgarishlar borasida qo‘shimcha ma’lumot beriladi", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
03/11/2024 21:47
Яхши тренер эди