KO‘JCh. 2 ta goli inobatga olinmagan "Bavariya" PSJga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

  • 5 iyul, 22:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Bavariya" o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Luis Enrike boshqaruvidagi parijliklar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Uchrashuvning 1-bo‘limida amaldagi Bundesliga chempionlari gol urgan edi. Biroq, yon chiziq hakami golni ofsayd sabab bekor qildi. Shu bilan birga, bo‘lim yakunlanay deb qolganda Donnarumma Musialaga nisbatan qo‘pollik ishlatdi va germaniyalik yarim himoyachi jiddiy jarohat olib, maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘limni germaniyaliklar jiddiy hujumlar bilan boshladi va golga juda yaqin kelgan edi. Ammo yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. 78-daqiqada esa Dizayr Due gol urib, hisobni ochdi.. Oradan 4 daqiqa o‘tib, PSJ himoyachisi Pacho jiddiy qo‘pollik ishlatdi va qizil kartochka bilan jazolandi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanayotganda Xarri Keyn ham gol urgan edi. Lekin yana ofsayd sabab bekor qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Entoni Teylar Luka Ernandesga ham qizil ko‘rsatdi. Shuningdek, 9 kishi bo‘lib qolgan PSJ qarshi hujumdan unumli foydalanib ikkinchi golni ham urib oldi. Bu galgi gol muallifi Usmon Dembele bo‘ldi.
 
Eslatib o‘tamiz, PSJ yarim finalda "Real Madrid" - "Borussiya Dortmund" g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!