
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida asosiy favorit kim?
Parijning PSJ klubi 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining asosiy favoriti sifatida ko‘rilmoqda. Turnir 14 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadi va unda 32 ta klub ishtirok etadi.
Statistik tahlil bilan mashhur Opta superkompyuteri musobaqaning 10 000 ta stsenariysini modellashtirdi. Natijalarga ko‘ra, PSJ 18,5% holatda chempion bo‘lgan. Bu barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori natija hisoblanadi.
Musobaqaning 10 favoriti quyidagicha ko‘rinishga ega:
PSJ (Frantsiya) – 18,5%
"Manchester Siti" (Angliya) – 17,8%
"Bavariya" (Germaniya) – 12,8%
"Inter" (Italiya) – 12,3%
"Real Madrid" (Ispaniya) – 9,8%
"Chelsi" (Angliya) – 8,4%
"Borussiya Dortmund" (Germaniya) – 5,4%
"Atletiko Madrid" (Ispaniya) – 5,1%
"Yuventus" (Italiya) – 3,6%
"Benfika" (Portugaliya) – 3,3%
Fikrlar