
Kloze: Levandovski mendan 10 barobar kuchli
Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze "Bavariya" forvard Robert Levandovskini o‘zidan ustun qo‘yishini aytib o‘tdi.
"Levandovski menga o‘xshaydi, ammo u kaminadan 10 karra kuchli. U barcha narsani biladigan hujumchi. Leva har ikki oyog‘ida ham yaxshi o‘ynay oladi, bosh bilan ham ajoyib harakat qiladi. Qolaversa, uzoq masofadan ham yaxshi zarba bera oladi.
Menga Tomas Myuller bilan birga o‘ynash yoqadi. Chunki biz bir-birimizni doimo to‘ldirib turar edik. Birgina qarashdayoq nima qilish kerakligini o‘zaro tushunar edik. Bu super tandem bo‘lgan edi", - dedi Kloze.
Ma’lumot uchun, Levandovski joriy yilgi mavsumda Germaniya Bundesligasida 7 ta bahsda maydonga tushdi va 11 ta to‘p kiritishga erishdi.
Fikrlar