Kloppning Gakpo transferidan so‘ng nihoyat ko‘ngli to‘ldi

  • 29 dekabr, 2022, 13:38
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Gollandiya terma jamoasi hujumchisi Kodi Gakponing transferi haqida fikr bildirdi. 23 yoshli gollandiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, yaqinda shartnoma imzolaydi.

Tecno

"Ushbu xaridning uddasidan chiqqanimiz biz uchun juda ajoyib yangilik. Biz kelajagi porloq futbolchi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldik. U endigina 23 yoshda, lekin allaqachon katta tajribaga ega. 

Kodi "PSV" sardori bo‘lgan, o‘tgan mavsumda Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va o‘z terma jamoasi bilan jahon chempionatini ajoyib o‘tkazdi", — dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Gakpo Gollandiya chempionatida 14 ta o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida 21 (9+12) ochko jamg‘ardi. JCh-2022da hujumchi o‘z terma jamoasi safida beshta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!