
Klopp “Liverpul”ga mashhur hujumchini olib keladi
Qishki transferlar davri tobora yaqinlashib kelmoqda. Grand klublar katta xaridlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujum chizig‘ini “Bavariya” hujumchisi Leroy Sane yordamida kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Liverpulliklar 27 yoshli futbolchini yanvarda transfer qilishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Leroy Sane uchun Angliya Premer-ligasi begona emas. U 2020 yili “Bavariya” safiga qo‘shilgunicha to‘rt mavsum davomida “Manchester Siti”da to‘p tepgan.
Transfermarkt mmutaxassislari tajribali hujumchini 75 million evroga baholamoqda. Sane joriy mavsumda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘qqizta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar