
Klopp ishonchli himoyachi topdi
Asosiy himoyachisi Virjil van Deykdan ayrilgan “Liverpul” qishki transferlar bozori ochilishi bilan narxi qimmat bo‘lmagan himoyachi olishga qaror qildi.
Ayei paytda “Liverpul” markaziy himoyaga “Betis”ning jazoirlik futbolchisi Aissa Mandini olishni rejalashtirmoqda. Bu futbolchining transferi Yurgen Klopp jamoasiga 20 million evro atrofida tushadi.
Mandining shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishi bois, “Betis” ham etakchi futbolchisining ketishiga to‘sqinlik qilmaydi va aksincha, bu vaziyatdan foyda bilan chiqishga harakat qiladi.
Mandi “Betis”da 2016 yildan beri to‘p tepyapti va shu kungacha 127 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol ham urgan.
Fikrlar