Klopp eng katta muammosini aytdi

  • 1 oktabr, 2023, 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp niderlandiyalik hujumchi Kodi Gakponing “Tottenxem” bilan uchrashuvda jarohat olganiga munosabat bildirdi.

Bu bahsda Liverpul shahri jamoasi “Tottenxem”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kodi Gakpo gol urish chog‘ida yaqinda tizzasidan olgan jarohatini yana og‘irlashtirib oldi.  

- To‘g‘risini aytsam,  bu uchrashuvning eng katta muammosi Kodi Gakponing jarohat olgani bo‘ldi. U  tizzasini bog‘lab, oqsoqlanib yuribdi. Hozir eng katta bosh og‘rig‘im shu. Bir uchrashuvda biz uchta o‘yinchimizni yo‘qotdik, - dedi Yurgen Klopp.

“Liverpul” uchun “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazilgan bahs juda omadsiz kechdi. Gakponing jarohatidan tashqari, Kyortis Jons va Diogu Jota qizil kartochka oldi, Luis Dias urgan gol hakamlar xatosi tufayli inobatga olinmadi, so‘nggi daqiqada Jojl Matip o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yib, mag‘lubiyatga sababchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!