KL saralashi. "Istanbul Bashakshexir" safarda kambek amalga oshirdi. Eldor Shomurodov yana zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

  • 7 avgust, 23:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Konferentsiyalar ligasi saralashidan o‘rin olgan "Viking" - "Istanbul Bashakshexir" klublari o‘rtasidagi bellashuvda Turkiya klubi 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
Dastlab uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Sander Svendsen hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Denis Turuch hisobni tenglashtirdi. Ikki daqiqa oldin esa milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan edi. Shuningdek, uchrashuvning 79-daqiqasida Kristofer Operi jamoasini oldinga olib chiqdi. Ushbu gol esa o‘yin taqdirini hal qildi. Bundan tashqari, so‘nggi daqiqalarda Norvegiya klubi hisobni tenglashtirgan ham edi. Biroq, gol inobatga olinmadi. Shundan so‘ng esa istanbulliklar uchinchi golni ham urdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, javob bellashuvi 13 avgust kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadi. Mazkur to‘qnashuv esa soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

  • Europe - Konferensiyalar ligasi
  • Qualification Round 3

Viking

  • Sander Svendsen 2'
Tugadi
1 : 3

07.08.2025 22:00

Istanbul Bashakshehir

  • Deniz Türüç 60'
  • Davie Selke 90'
  • Christopher Operi 79'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!