Kikboksing: hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha “Uzbekistan Open” II-xalqaro turniri o‘z yakuniga etdi. Musobaqada dunyoning 22ta mamlakatidan 2 ming nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Tecno

Hamyurtlarimizdan -52 kg vazn toifasida ringga chiqqan Nazarbek Mahmudov hindistonlik Das Ishanni, Lazizbek Begmatov (-57 kg) qozog‘istonlik Talgat Bukbassarovni, Islom Tursunqulov (-67 kg) qirg‘izistonlik Erlan Bayzakovni, Umar Alibekov (-71kg) turkiyalik Hakan Karagozni mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro turnir g‘olibiga aylanishdi. Eng og‘ir, ya’ni +91 kg vazn toifasidagi final jangida esa ikki nafar vakilimiz Sulaymon Solihov hamda Bekzod Ravshanov to‘qnash kelishdi va unda omad Solihovga kulib boqdi.

Qolgan vazn toifalarida esa iordaniyalik Aday Almaxarmen (-63,5 kg), turkmanistonlik Gochmirat Jumaniyozov (-75 kg), qozog‘istonlik Botirxon Quandiqov (-67 kg), qirg‘izistonlik Adilet Bekjan uulu (-75 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yakunda umumjamoa hisobida O‘zbekiston kikbokschilari 10 ta vazndan 5 tasida g‘olib chiqqan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi. Qozog‘iston terma jamoasi 2-o‘rinni band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Qirg‘iziston terma jamoasi yakun yasab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!