
Keza APLdagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi
"Liverpul" Angliya Premer-ligasining 1-turida "Bornmut" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida 27 yoshli Federiko Keza urgan gol hal qiluvchi bo‘ldi. Bu italiyalik hujumchi uchun Angliya chempionatidagi ilk gol hisoblanadi.
O‘tgan mavsumda Keza APLda 6 ta o‘yinda gol yoki golli uzatma qayd etmagan. Qolgan musobaqalarda esa 14 o‘yinda 3 (2+1) ochko to‘plagan edi.
Fikrlar