Keyn, Xoland, Mbappe. Gvardiola kimni tanlaydi?

  • 3 aprel, 2021, 20:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" joriy mavsum APLning 30 o‘yinidan 22 tasida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Xosep Gvardiola shogirdlari bundan tashqari, Chempionlar Ligasi, Angliya kubogi va Angliya Liga kubogida g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda. "Shaharliklar"ning bu ustunligi ularning zaif nuqtalari yo‘qligini anglatmaydi. Bu g‘alati tuyulishi mumkin, ammo "Manchester Siti" raqib darvozasi oldida u qadar katta kuchga ega emas.

Tecno

Birinchidan, o‘rtacha ko‘rsatkich pasayib ketdi: "shaharliklar" o‘tgan uch mavsumda har bir o‘yinda o‘rtacha 2,5 ta gol o‘rniga, joriy chempionatda 2,1 ta gol urmoqda. Ikkinchidan, premer-ligada jamoaning eng yaxshi to‘purarlari kuchli uchligida markaziy hujumchi yo‘q: yarim himoyachi Gyundoganning hisobida 12ta, Sterling va Maxrezda 9 tadan aniq zarba bor. Sof markaziy hujumchi Gabriel Jezus hisobida 7 ta gol mavjud.

Aguero pokidaet Siti v statuse legendy vsey APL. Ego xotyat videt v  Barselone, Yuventuse i Chelsi — Novosti Zarubejnogo futbola — Futbol -  03.04.2021 - Sport Mail.ru

Braziliyalik futbolchi Aguero darajasiga etishiga hali ancha bor. Gabi joriy mavsumda jarohatlar va kasalliklar tufayli kam o‘ynagan va mavsum oxirida "Manchester Siti"dan ketishini e’lon qilgan Aguero o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaralmayapti. Shu sababli, “Siti” yangi hujumchiga muhtoj.

Ta’kidlash kerakki, Xosep Gvardiola “Etixad”da o‘tkazgan so‘nggi 5 yil davomida yangi futbolchilar sotib olish uchun 950 mln evro sarfladi. Dunyodagi hech bir murabbiy bir klubda transferlar uchun bu qadar katta mablag‘ sarflamagan. Yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida ushbu raqamlar 1 milliarddan ham oshishi aniq. Qolaversa, dunyodagi biror bir murabbiy jamoasiga top darajadagi hujumchi olib kelinishiga qarshilik qilmaydi.

Quyida Serxio Aguero o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan hujumchilar bilan tanishib o‘tamiz.

Xoland vyslushaet predlojeniya «Chelsi», «Manchester Siti», «Reala» i  «Barselony» - 1 Aprelya 2021 - Transfery - FK Chelsi | Russkoyazychnyy sayt |  Chelsea FC

Erling Xoland («Borussiya Dortmund»)

Norvegiyalik futbolchi Kilian Mbappe bilan bir xil darajadagi hujumchi sifatida baholanadi. U yaqin o‘n yillikning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlardan biri hisoblanadi. Xoland - bu haqiqiy gol mashinasi va uning statistikasi buni tasdiqlaydi. Erlingning otasi Alf-Inge "Manchester Siti"da o‘ynagan, shuning uchun klub va hujumchi o‘rtasida aloqa azaldan mavjud. O‘z navbatida, yanada zamonaviy va ko‘p qirrali hujumchilar Gvardiolaning o‘yin uslubiga mos tushishiga ham shubha bor.

Nazvan samyy dorogoy futbolist v mire :: Obщestvo :: RBK

Xarri Keyn («Tottenxem»)

"Tottenxem" yulduz hujumchisini qo‘yib yuborishni istamayapti, ammo Xarrining o‘zi ketishni iltimos qilishi mumkin, chunki "shporlar" katta ehtimol bilan yangi mavsumni Chempionlar ligasisiz o‘tkazadi. Qolaversa, yozda o‘zining 28 yoshini qarshi oladigan Keyn shu paytgacha birorta sovrin qo‘lga kiritmadi. Agar unga "Siti"dan taklif bo‘lsa, "Tottenxem" 2024 yilgacha tuzilgan shartnomaga qaramay, o‘z etakchisi va sardorini saqlab qolishi juda qiyin bo‘ladi.

Angliyada Keyn "Manchester Siti" tarkibida Agueroning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida jiddiy taxminlar mavjud bo‘lsa-da, mahalliy mutaxassislar Keynning mahorati, APLdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari va ingliz futbolidagi tajribasiga qaramay, unda texnikaning etishmasligi Xosep Gvardiolaning o‘yin uslubiga mos kelmaydigan kamchiliklardan biri, deb hisoblashadi. Shu bilan bir qatorda, mutaxassislar orasida ushbu fikrga nisbatan muqobil fikr bildiruvchilar ham bor. Ularning fikricha, agar siz ko‘p pul sarflasangiz, allaqachon faoliyatining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan hujumchini emas, balki endi o‘sib kelayotgan futbolchini sotib olishingiz kerak.

Mbappe – Albe: «Ya tebya ubyu na ulitse» - Vse pro futbol! - Novosti futbola,  onlayn rezultaty matchey, transfery - FUTBIK - Futbolnye novosti onlayn

Kilian Mbappe (PSJ)

Taxminlarga ko‘ra, Mbappe tez orada (yozda) yoki keyinchalik (kelasi yil) bolaligidanoq muxlis bo‘lgan «Real»ga ko‘chib o‘tadi, ammo frantsiyalik futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2022 yilda tugaydi va u barcha top-klublar uchun asosiy “nishon”ga aylanadi. Bundan tashqari, “Real” pandemiya sharoitida moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Iste’dodli Mbappe Gvardiola uchun ham eng zo‘r transfer hisoblanadi, ammo uni sotib olish oson bo‘lmaydi. Bu erda yana bir asosiy masala bor. Gap shundaki, PSJning qatarlik xo‘jayinlari Mbappeni asosiy raqobatchi hisoblangan “Siti”ga berib qo‘ymoqchi emas. “Manchester Siti”ning egasi ham arab dunyosining eng boy insonlaridan biri ekanligini inobatga olganda, Parij klubi etakchi futbolchisini ushbu jamoaga berib qo‘maslik uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladi.

Lukaku nashel dom v Milane

Romelu Lukaku («Inter»)

Belgiyalik hujumchiga Angliya premer-ligasi va Manchester shahri begona emas. U allaqachon "Yunayted" tarkibida Manchesterda o‘ynagan va shundan so‘ng, Italiyaga borib, A Seriyaning 62 o‘yinda 42 ta gol urdi. Lukakuning samarali faoliyati so‘nggi 10 yil ichidagi birinchi “neradzurrilar”ga skudettoni yutish uchun katta turtki bo‘lmoqda. Ammo, yaqin kelajakda klub egasi o‘zgarishi kutilmoqda va bu o‘z navbatida, jamoaga ta’sir qilishi mumkin. Agar "Inter" o‘zining eng yaxshi o‘yinchilarini, shu jumladan belgiyalik forvardni saqlab tura olmasa, demak Romelu premer-ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi, u erda u hali so‘nggi so‘zini aytmagan. Uning MYu safida ko‘rsatgan o‘tmishdagi o‘yinlari bu borada katta rol o‘ynashi mumkin.

Barselona» predlojila € 80 mln i troix igrokov za Lautaro Martinesa.  «Inter» otkazal - Chempionat

Lautaro Martines («Inter»)

Ammo "Inter"da yana bir hujumchi bor, u allaqachon Agueroning merosxo‘ri, deb nom olgan. "Manchester Siti" da Serxioning o‘rnini Lautaro egallasa, bu ayniqsa, ramziy ma’noga ega bo‘ladi. Martines Gabriel Jezus bilan tengdosh va “haykaltarosh” Gvardiola undan o‘z jamoasi uchun mukammal hujumchini yasashi mumkin. Aytish lozimki, ushbu futbolchining ham xaridorlari talaygina. Shu sababli, uni sotib olishda ham qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy.

Forvard «Atletiko» Joau Felish vylechilsya ot koronavirusa | Futbol 24

Joau Felish («Atletiko Madrid»)

Xosep Gvardiolaning o‘yin uslubiga mos tushadigan yana bir hujumchi bor. “Atletiko” 2019 yilning yozida Joau Felishni “Benfika”dan naqd 126 mln evroga sotib oldi. Garchi oradan 2 yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, portugaliyalik futbolchi o‘ziga sarflangan mablag‘ni oqlagani yo‘q. Ammo endigina 21 yoshga to‘lgan Felish “Atletiko”dan ko‘ra, nisbatan hujumkorroq jamoaga o‘tsa, uning o‘yinlari yanada yuqoriga ko‘tarilishi mumkin. O‘yinni tabiiy ravishda tushunadigan va ajoyib texnikaga ega bo‘lgan Joao Pepni boshqa nomzodlarga qaraganda ko‘proq qiziqtirishi mumkin, chunki u “Siti”ning hujum chizig‘ini rang-baranglashtirishga qodir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!