Kevin de Bryuyne “Napoli”ga “Siti” futbolchisini olib ketmoqchi

  • 24 iyun, 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”dagi o‘n yillik faoliyatini yakunlaganidan keyin Italiya chempioni “Napoli”ga ko‘chib o‘tgan Kevin de Bryuyne yangi jamoasiga “shaharliklar” yulduzini chorlamoqda.

Tecno

The Sun nashrining yozshicha, belgiyalik pleymeyker shu yoz Manchester klubini tark etishi kutilayotgan Jek Grilishni Neapolga kelishini kutyapti.

Manbaning ta’kidlashicha, “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasiga kelgan Kevin de Bryuynedan angliyalik futbolchi haqida turli ma’lumotlarni so‘ragan.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning fikriga ko‘ra, 29 yoshli Grilish “Napoli”ga o‘tadigan bo‘lsa, maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozilik berishi kerak.

Chunki A Seriya klublari Angliya Premer-ligasi jamoalaridan farqli ravishda o‘yinchilarga kamroq xizmat haqi to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!