
Ketma-ket 10 ta jangda muddatidan avval g‘alaba qozongan o‘zbek o‘g‘loni !
1993 yil Andijonda tug‘ilgan MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev 2019 yilda Boris Miroshnichenkodan mag‘lub bo‘lganidan so‘ng 11 ta jang o‘tkazdi va ushbu bahslarning 10 tasida muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Yani ushbu janglarning barchasi 1-raunddayoq yakunlangan. Qiziqarlisi, xamyurtimiz 5 tasida sabmishshin, 5 tasida nokaut orqali raqiblarini engan.
Faqatgina 11 may kuni o‘tkazilgan "UFC on ESPN 56" turnirida Xoakin Baklidan uchralgan mag‘lubiyat Nursultonning ajoyib yurishini buzib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziboev 26 oktyabr kuni "UFC 308" da Rinat Faxretdinovga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, ammo yurtdoshimizning jaroxati bois bu jang qoldirildi.
Fikrlar