
Kellini: Biz Lukakuni hurmat qilamiz, ammo...
Italiya terma jamoasi sardori Jorjo Kellini Belgiyaga qarshi o‘yindan oldin jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
“Bizga bunday o‘yinlar uchun qo‘shimcha motivatsiya kerak emas, adrenalin biz maydonga kirishimiz bilan hamma narsani o‘zi qiladi. Bu ikkita kuchli jamoa o‘rtasidagi o‘yin bo‘ladi, barchasini mayda detallar hal qiladi.
Belgiya terma jamoasi hujum chizig‘i? Biz Lukakuni juda hurmat qilamiz, u "Inter"da ajoyib mavsumni o‘tkazdi va asosiy o‘yinchiga aylandi. Belgiyada juda kuchli futbolchilar jamlangan bir paytda, faqat Romelu haqida gapirish biroz g‘alati”, - dedi Kellini UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Belgiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ertaga, 2 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar