
Kechagi bahsda "Roma" hujumchisi jarohat oldi!
Xabaringiz bor, Evropa ligasining pley-off bosqichi doirasida "Roma" "Portu" bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Ushbu uchrashuv davomida Paulo Dibala jarohat olib, safdan chiqdi.
Mazkur bellashuvning 20-daqiqasida Dibalaga nisbatan qoida buzildi. Jarohat olganiga qaramasdan futbolchi o‘yinni davom ettirishga harakat qildi, lekin og‘riq borligi sabab, 40-daqiqada almashtirildi.
Argentinalik hujumchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va uning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi. Hozircha uning jarohati qanchalik jiddiyligi haqida esa xabarlar yo‘q.
Bundan tashqari portugaliyaliklarga qarshi bahsda milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov zaxira o‘rindig‘ida qoldi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi javob bellashuvi 19 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar