
Kavani yangi mavsumda ham MYuda qoladimi?
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani yangi mavsumda ham “qizil iblislar” safida qolmoqchi.
Jurnalist Mayk MakGratning yozishicha, 34 yoshli urugvaylik futbolchi MYuda qolish istagida va shu sababli ham boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazmayapti. Uning MYu bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi, ammo shartnomaga ko‘ra u tomonlarning roziligi bilan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Kavani joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar