Kavani irqchilikda ayblanmoqda

  • 17 dekabr, 2020, 17:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani irqchilik qilgani uchun 3 ta o‘yinga chetlatilishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) urugvaylik futbolchini irqchilikda ayblagan. Gap shundaki, Kavani bir necha kun oldin instagramdagi yozishmalarida "negrito" so‘zini ishlatgan. Endi u 4 yanvargacha FA’ga ushbu holat yuzasidan tushuntirish berishi kerak. Ungacha Kavani MYu o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin.

33 yoshli Kavani joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!