Kavani faoliyati davomida ilk bor Amerika kubogida gol urdi

  • 17 iyun, 2019, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay terma jamoasi forvardi Edinson Kavani kecha Ekvadorga (4:0) qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tecno

E’tiborlisi, 32 yoshli futbolchi shu tariqa faoliyati davomida ilk bor Amerika kubogida gol urdi. Qayd etish lozimki, Kavani bungacha ushbu musobaqada jami 10ta o‘yin o‘tkazgan va birorta ham gol ura olmagan edi.

Ma’lumot uchun, Kavani Urugvay terma jamoasi safida 109ta o‘yinda maydonga tushgan va 46ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!