
Kavani 3 ta o‘yinga chetlatildi va 100 ming funt jarimaga tortildi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) o‘zining rasmiy saytida "Manchester Yunayted" forvardi Edinson Kavani bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Unga ko‘ra, urugvaylik futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan hamda 100 ming funt jarimaga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kavani 29 noyabr kuni "Sautgempton"ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng uni tabriklagan Instagramdagi obunachilaridan biriga "Gracias negrito" (Rahmat qora) deb murojaat qilgan. Oradan 3 soat o‘tib u ushbu postni o‘chirib tashlagan, ammo FA bu holatni e’tibordan chetda qoldirmagan va irqchilik qilgan futbolchi masalasida ish ochgan.
Fikrlar