
Kasilyas yana La Ligaga qaytish istagini bildirmoqda
"Portu" klubi darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya chempionati yulduzlari ishtirok etadigan oqshomda qatnashdi va yana La Ligaga qaytish istagi borligini bildirdi.
“Agar ismingiz ushbu liga bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, bu sizga katta mas’uliyat yuqlaydi. Chunki, La Liga bu – jiddiy brend. Meni bu erga taklif qilgani uchun Xaver Tebasga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Primeroda o‘ynash baxtiga sazovor bo‘lganimdan judayam xursandman. Hozir men boshqa jamoada va boshqa chempionatda to‘p suryapman. Bu esa meni biroz xafa qiladi. Men yana La Ligaga qaytishni xohlardim”, - deydi Kasilyas.
Ma’lumot uchun, Iker Kasilyas 8 yoshidan buyon “Real”da shug‘ullangan va 2015 yilga qadar ushbu jamoa sharafini himoya qilgan. U La Liga tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan biri hisoblanadi.
Fikrlar