
Karvaxal: "Real"dan keyin hech qanday Evropa klubiga o‘tmayman"
"Real Madrid" va Ispaniya terma jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal ispan klubidan tashqaridagi kelajagi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Real"dan keyin hech qaysi Evropa klubiga bormayman, sizga kafolat beraman, - deya Karvaxalning so‘zlarini keltirdi "MARCA" nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Karvaxal barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoyachining narxi 12 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar