
Karvaxal: "Qiyin zarbalardan so‘ng ko‘tarilish vaqti keldi"
"Real" himoyachisi Karvaxal jamoa Liga chempionlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng endi oxirgi bosqichda bor kuchi bilan kurashishi kerakligini ta’kidladi. Madridliklar 1/4 finalda "Arsenal"ga ikki o‘yin natijasida (0:3, 1:2) yutqazib, musobaqadan chetlatilgandi.
— Hozir biz uchun hal qiluvchi palla. Bunday og‘ir zarbalardan keyin ko‘tarilish vaqti keldi. Oldimizda chempionat va Ispaniya kubogi finali turibdi. Endi biz qadam tashlashimiz, ko‘tarilishimiz va titutllar uchun kurashishimiz shart, — deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik futbolchi.
Ayni paytda "Real" La Ligada 69 ochko bilan 2-o‘rinda boryapti. Ular peshqadam "Barselona"dan 4 ochkoga orqada. Jamoalar 26 aprel kuni Ispaniya kubogi finalida to‘qnash keladi.
Fikrlar