
Karvaxal: “Orzuyim ro‘yobga chiqdi, ammo faoliyatim yakunlanish arafasida”
"Real Madrid" himoyachisi Dani Karvaxal Madriddagi faoliyati va orzusi haqida gapirdi:
— Men orzuyimga erishdim — professional futbolchi bo‘ldim, eng muhimi esa “Real Madrid” uchun o‘ynadim, muvaffaqiyat qozondim va men uchun juda qadrli bo‘lgan klub tarixidan joy oldim.
Ko‘plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdim, ko‘p yutuqlarga erishdim va bunga sarflagan mehnatim bilan faxrlanaman.
Yo‘l uzoq bo‘ldi. Sportdagi faoliyatim endilikda yakunlanish arafasida. Shunday bo‘lishini istamayman, ammo real bo‘lishim kerak, — deya aytib o‘tdi ispaniyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Dani mavsumning birinchi qismida og‘ir jarohati sabab, ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. Uning klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qaytishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar