Karlsen Sindarovni Gukeshga qarshi favorit deb atadi
- 22-апрел, 21:54
- Bilolbek Imomov
- 0
- Shaxmat
Jahon shaxmat yulduzi Magnus Karlsen Javohir Sindarov va Dommaraju Gukesh oʻrtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
"Hozirning oʻzida Sindarovni favorit demaslik qiyin. Jahon chempionligi uchun bahsda har narsa yuz berishi mumkin, lekin men uchun eng qiziği — Sindarov yaqin oylarda nimalar koʻrsatishi. U Gukeshdan ancha farq qiladi. Gukeshda oʻyinni tushunish borasida aniq koʻrinadigan kamchiliklar bor, Sindarovda esa bu unchalik sezilmaydi. U ancha universal shaxmatchi", — dedi Karlsen.
Shuningdek, norvegiyalik grossmeyster Sindarov ehtimoliy gʻalaba qozonsa, bu uni klassik jahon toji uchun kurashga qaytishga undamasligini aytdi.
"Baʼzi formatlarda — albatta. Ammo klassik shaxmatda — mutlaqo yoʻq. Men oʻzim xohlagan musobaqalarda qatnashaman va qarorlarimni boshqalar mendan nimani kutishiga qarab emas, oʻz xohishimga koʻra qabul qilaman. Men shaxmatda erishmoqchi boʻlgan maqsadlarimga erishdim. Klassik jahon chempionati meni umuman qiziqtirmaydi", — dedi Karlsen.