
Karlo Anchelotti kecha "Real Madrid"dagi 300-o‘yinini o‘tkazdi
Kecha Karlo Anchelotti "Real Madrid" boshqaruvidagi 300-uchrashuvini o‘tkazdi.
Madridliklar La Liganing 7-turi doirasida "Alaves" bilan o‘ynadi va 3:2 hisobida zafar quchdi. Italiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi 299 o‘yinda "Los Blankos" 217 ta g‘alaba, 43 ta durang va 39 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
"Real Madrid" bosh murabbiyi faqat bitta murabbiy ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. Bu 605 ta o‘yin bilan afsonaviy Migel Munos sanaladi. Har ikkala mutaxassislar klub bilan qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni bo‘lishmoqda. Ikkalasi ham 14 tadan.
Fikrlar