Karatechilarimiz delegatsiyamizga ikkita medal taqdim etdi
- 12-ноябр 2025, 10:48
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Xabaringiz bor, Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom Birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tyapti.
Karate bahslarida dastlabki medal qo‘lga kiritildi. -50 kg vazn toifasining finalida Gulshan Alimardonova eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Yana bir vakilamiz Sevinch Rahimova esa O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -55 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz finalda marokashlik sportchidan ustun keldi.
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q