
Karate. Chirchiqda O‘zbekiston kubogi boshlandi
Bugun Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida karate bo‘yicha turli yosh toifalaridagi mamlakat kubogiga start berildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, ushbu musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 1600 nafardan ortiq sportchi kata va kumite dasturlarida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Musobaqa 2 oktyabrga qadar davom etadi. Qayd etish joiz, bu orqali terma jamoa murabbiylar shtabi dekabr oyida poytaxtimizda o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlanayotgan sportchilarning holatini yana bir bor ko‘zdan kechirib olishadi.
Fikrlar