Kanchelskis: Debyut mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Lempardni iste’foga chiqarishsa, bundan hayron qolaman

  • 5 iyul, 2019, 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Frenk Lempardning "Chelsi" bosh murabbiyligiga tayinlangani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Endi unga vaqt kerak. Muxlislar va rahbariyat uni qo‘llab-quvvatlaydi. U “Derbi Kaunti”da o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi.

Debyut mavsumdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Lempardni iste’foga chiqarishlari mumkin? Men bunday siyosatdan hayron qolgan bo‘lardim. Chunki, agar chindan ham shunday ehtimol mavjud bo‘lsa, nega unda 3 yillik shartnoma tuzildi? Bundan mantiq nima? Unda marhamat qilib bir yilga shartnoma imzolang. Uch yilga shartnoma imzolandimi, demak Lempardga ishonch bor va bo‘lishi kerak”, - deydi rossiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” o‘tgan mavsum Mauritsio Sarri qo‘l ostida APLda 3-o‘rinni egalladi va Evropa ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!