Kamonchilarimiz yakkalik bahslarida Tokio Olimpiadasida qatnashmaydigan bo‘ldi

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionati va Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqada o‘tkazilmoqda. Afsuski, litsenzion turnir vakillarimiz uchun omadsiz yakunlanadigan bo‘ldi.

Tecno

Osiyo chempionatida hamyurtimiz Ziyodaxon Abdusattorova to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa ham Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda uchinchi davrada (kuchli 16 talik) ishtirokini yakunladi. Shuningdek, yigitlarimizdan faqatgina Zokirjon G‘ofurov chorak finalgacha etib bordi. Vakilimiz ushbu bosqichda eronlik Amin Piralinajafabadiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Reglamentga ko‘ra, litsenzion turnirda g‘olib va sovrindorlargina Tokio-2020 yo‘llanmasiga ega bo‘lishar edi. Afsuski, Tokio Olimpiadasida kamondan otish bo‘yicha yakkalik bahsida hamyurtlarimiz ishtirok eta olmasligi oydinlashdi. Endi vakillarimiz oldida kelasi yilning 22-28 iyun kunlari Berlin (Germaniya) shahrida o‘tadigan yana bir kvalifikatsion musobaqa qoldi xolos. Jahon miqyosida kechadigan mazkur musobaqada faqat jamoaviy yo‘nalishda litsenziyalar o‘ynaladi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!