
Kamoliddin Tojiev: "Tarkibimizni kuchaytirish bo‘yicha ishlar avjida, tez orada yangiliklarni bilib olasiz"
Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" (2:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Kamoliddin Tojiev quyidagilarni aytdi:
"O‘yinda to‘liq ustunlik qildik. Juda ko‘p golli imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Ulardan foydalanishda oqsadik, lekin hujumkor va chiroyli futbol ko‘rsatdik. Har bir futbolchi o‘z darajasida o‘ynadi, ular terma jamoa saviyasidagi o‘yinchilar. Raqibga deyarli imkoniyat bermadik. Vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda mehnat qilamiz. Faqat shu yordam berishi mumkin. Biz chempionlik sari kurashishda davom etamiz. Jamoa ham buni istamoqda.
Ikkinchi davraga yaxshi hozirlik ko‘rishga intilamiz. Jismoniy jihat borasida yanada ko‘p mehnat qilamiz. Tarkibimizni kuchaytirish bo‘yicha ishlar avjida. Tez orada yangiliklarni bilib olasiz".
Fikrlar