
Kamoliddin Tojiev: "Bizda har doim oliy maqsad, boshqa maqsad yo‘q"
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Paxtakor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev ishtirok etdi.
- O‘yin 90 daqiqa davomida bizning nazoratimiz ostida o‘tdi. Vaziyatlar yaratyapmiz, faqat gol urish pand beryapti. Shuning ustida ishlashimiz kerak.
- Davralar oralig‘ida transfer qilingan futbolchilar sizni qoniqtiryaptimi?
- Ko‘rdinglar, himoyachimiz yaxshi o‘ynadi. Undan oldingi o‘yinlarda ko‘rganimizda ham qoniqtiryapti. Bugun ham o‘yini qanoatlantirdi.
- Milliy terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarni klubga qaytib mashg‘ulotlarga kirishib ketishi qanday? Muammolarga duch kelinmaydimi?
- Yo‘q, bir-birimizni anchadan beri bilamiz. Kirishib ketishda muammo bo‘lmaydi. Tanaffus bo‘lgani uchun o‘yin tonusiga kirib olishga qiynaldik.
- Jamoangizning maqsadi qanday?
- Bizda har doim oliy maqsad. Boshqa maqsad yo‘q.
Fikrlar