
K Liga. Tursunovning yangi jamoasidagi debyuti omadsiz chiqdi
Koreya K Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqdi. Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Pusan Ay Park" jamoasi safarda "Poxang Stilers" bilan kuch sinashdi.
Hozirgina yakuniga etgan bahsda mehmonlar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Tursunov bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 maydonda faol harakat qildi. Shu tariqa, 24 yoshli futbolchining "Pusan Ay Park" safidagi debyut uchrashuvi omadsiz chiqdi.
K Liga. 1-tur
10:00 "Poxang Stilers" - "Pusan Ay Park" 2:0
Gol: Ilyutsenko (24), Palochevich (70 penaltidan).
Fikrlar