K Liga. Bugun yana ikki hamyurtimiz ishtirokidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi

  • 10 may, 2020, 08:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koreya K Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Pusan Ay Park" jamoasi safarda "Poxang Stilers" bilan kuch sinashadi. Ushba bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da boshlanadi.

Tecno

Ikrom Aliboev to‘p tepadigan "Seul" esa "Kanvon" mehmoni bo‘ladi. Har ikkala uchrashuvning onlayn translyatsiyasini o‘yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida saytimiz orqali havola etamiz.

K Liga. 1-tur

10:00 "Poxang Stilers" - "Pusan Ay Park"

12:30 "Kanvon" - "Seul"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!