
K Liga. Ashurmatovning jamoasi mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Bugun Janubiy Koreya K Ligasida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Rustamjon Ashurmatov faoliyat olib boradigan "Gvangju" jamoasi o‘z maydonida "Ulsan"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Qayd etish joiz, bu mezbonlar uchun joriy mavsumdagi dastlabki ochko bo‘ldi, ammo shunga qaramasdan jamoa turnir jadvalida so‘nggi, 12-o‘rinni egallab turibdi. Ashurmatov bugungi bellashuvda zaxirada qoldi.
Parallel ravishda kechgan "Pusan Ay Park" - "Suvon Blyuings" qarama-qarshiligida esa hisob ochilmadi - 0:0. Mezbonlar safida Dostonbek Tursunov to‘liq 90 daqiqa maydonda to‘p tepdi.
K Liga. 4-tur
"Gvangju" - "Ulsan" 1:1
"Pusan Ay Park" - "Suvon Blyuings" 0:0.
Fikrlar