K-1 bo‘yicha Chortoq tumani hokimi kubogi bo‘lib o‘tadi

CHERY AUTO

14 avgust kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida K-1, Bushido bo‘yicha Chortoq tumani hokimi kubogi ochiq turniri tashkil etilmoqda. 

Tecno

Mazkur jang kechasi ToniPro promousheni tomonidan tashkil etilmoqda va unda  yurtimizning mahoratli K-1 ustalari o‘z janglarini o‘tkazishadi. 13 avgust kuni face to face marosimi tashkil etiladi. 

Ushbu turnir haqida tashkilotchilardan biri ToniPro promousheni rahbari Qobilbek To‘laboev qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

- Bu turnirga mamlakatimizdagi bir qator iste’dodlarni jalb qilganmiz. Albatta, yaxshi va yuqori saviyadagi turnir qilishga harakat qilayapmiz. Oldinda rejalarimiz juda ko‘p. Bizning promoushen hali nufuzli musobaqalar o‘tkazishga va mahoratli yoshlarimizni jahonning nufuzli promoushenlariga o‘tishida "tramplin" bo‘lib xizmat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!