
Jurnalistlar tomonidan tuzilgan mavsum ramziy jamoasi e’lon qilindi
"Goal" portali tahlilchilari 2024/2025 yilgi mavsum uchun o‘z ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ro‘yxatdan Kataloniyaning "Barselona", Frantsiyaning PSJ, shuningdek, "Liverpul" va Londonning "Arsenal" jamoalaridan futbolchilar o‘rin olgan.
Darvozabon: Janluiji Donnarumma (PSJ)
Himoyachilar: Nuno Mendesh (PSJ), Gabriel Magalyayns ("Arsenal"), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Ashraf Hakimi (PSJ)
Yarim himoyachilar: Ruben Nevesh, Vitinya (ikkalasi ham — PSJ), Pedri ("Barselona")
Hujumchilar: Usman Dembele (PSJ), Rafinya va Lamin Yamal (har uchchalasi — "Barselona")
Eslatib o‘tamiz, 1 iyun shanba kuni Myunxendagi "Alyants Arena" stadionida EChL finali bo‘lib o‘tadi. Qarshi tomonlar — Milanning "Inter" jamoasi va PSJ.
Fikrlar