
Joao Pedro: "Bir kuni "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish – orzuim"
"Chelsi" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Joau Pedru kelajakda dunyoning eng nufuzli individual sovrini – "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga ishonchi borligini bildirdi.
"Bu orzu bo‘lar edi – bir kuni "Oltin to‘p"ni yutish. Men o‘zimga ishonaman. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Balkim, bu sodir bo‘lar", – dedi 23 yoshli hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, "aristokratlar"ning yangi hujumchi yozgi transferlar oynasida jamoaga kelib, qo‘shilib, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchish uchun jamoasiga yordam berdi. APLning yangi mavsumida ham bir necha gollar urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar