
Jizzaxda hakamlarga qoida va kamchiliklar ustida ishlash borasida tushunchalar berib o‘tildi
Jizzax shahrida Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi hamda Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi hakamlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarni Respublika toifasidagi nazoratchi hakam Bobur Xaydarov olib bordi. Seminarda hakamlarga hakamlik qoidalari va kamchiliklar ustida ishlash borasida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek seminar davomida hakamlarga monitor orqali video materiallar ham ko‘rsatildi. Xususan, O‘zbekiston chempionati va birinchiliklardan o‘rin olgan bahslardagi hakamlik bilan bog‘liq vaziyatlar keng muhokama qilindi.
Seminar so‘ngida hakamlar o‘zlarining qiziqtirgan savollari orqali tajribali mutaxassis Bobur Xaydarovdan javob olishdi.
Manba: O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali
Fikrlar