
"Jirona" forvardi La Liganing tarixiy rekordini takrorladi
Kataloniyaning "Jirona" klubi forvardi Kristian Stuani Ispaniya La Ligasi rekordini takrorladi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi belgilangan 15 penaltining barchasini golga aylantira olgan Primero tarixidagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.
Bungacha esa ushbu rekord "Vilyarreal", "Erkules" va "Atletiko" kabi jamoalarda to‘p surgan mashhur hujumchi Manolo Alfaroga tegishli edi. Biroq, mavsum yakunlanishiga yana bir necha tur borligini inobatga olsak, Stuani ushbu rekordi yangilashi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Kristian Stuani joriy mavsum “Jirona” safida chempionatda 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar