
Jerar Pike: "O‘yinlar soni shundoq ham juda ko‘p. Yana yangi turnirlar nima uchun kerak?!"
"Barselona" klubi va Ispaniya milliy terma jamoasinig sobiq futbolchisi Jerar Pike mavsum davomidagi o‘yinlarning sonini qisqartirishga chaqirdi.
"O‘yinlar juda ko‘p va endi biz jaroxatga moyilroq futbolchilarning ko‘payganini ko‘rmoqdamiz. Chunki, futbolchilar normal tarzda dam olmayabdi. Yozgi ta’tilda ham yana qandaydir musobaqa uyushtirmoqchi. Buni qanday amalga oshirish mumkin o‘zi bilmadim.
Bir paytlar La-Liga rahbariyatining oldiga borib, chempionatdagi bellashuvlar va jamoalarning sonini kamaytirishni aytgan edim. Mena qolsa, format isloh qilinishi kerak. Shuningdek, UEFA va FIFA tashkilotlariga ham huddi shu so‘zlarimni aytgan bo‘lardim.
Ular ko‘proq pul ishlashni xohlashlarini tushunaman. Lekin futbol uchun eng maqbul ishni topib, uni amalga oshirsak yaxshi bo‘lardi", - dedi sobiq himoyachi.
Fikrlar