
“Jenoa” transferi barbod bo‘ldi. Shomurodovga boshqa raqobatchi keladi
“Jenoa” rahbariyati TsSKAning argentinalik hujumchisi Adolfo Gaych transferi bo‘yicha moskvaliklar bilan muzokara olib borayotgan edi. Iste’dodli futbolchining o‘zi ham Eldor Shomurodov jamoasiga ko‘chib o‘tishga rozilik bergandi.
Rossiya ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarda bu transfer amalga oshmasligi va tomonlar muzokarani to‘xtatgani yozilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, genuyaliklar Adolfo Gaychni yarim yilga ijaraga olishni istagan. TsSKA esa, ijara muddatini bir yarim yil qilib belgilagan.
Endi Davide Ballardini jamoa hujum chizig‘iga “Atalanta” vakili Sem Lammersni olib kelmoqchi. Niderlandiyalik hujumchi hozirgi jamoasi safida A Seriyada 10 ta uchrashuvda ikkita gol urishni uddaladi.
TsSKA esa Adolfo Gaychni “Balonya” va “Parma”ga transfer qilish bo‘yicha ishni davom ettiradi.
Fikrlar