“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan xet-trik talab qilyapti!

  • 6 dekabr, 2020, 23:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov  A Seriyaning 8-turida “Parma” darvozasini ishg‘ol qilib, Italiyadagi birinchi golini kiritdi. Bu o‘zbekistonlik futbolchilarning nafaqat Italiyadagi, balki Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi birinchi goli sifatida tarixda qoladi.

Tecno

Ta’kidlash joizki, Eldorning o‘yinida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lyapti, ko‘rsatkichlar ham ko‘tarilmoqda. Bu o‘z navbatida unga bo‘layotgan tanqidlarning kamayib, muxlislarning ishonchi ortayotganiga sabab bo‘lyapti.

eldor-shomurodov-zabil-pervyj-gol-v-serii-a_16067730701211223197_1

Eldor Shomurodovning ilk goliga “Jenoa” muxlislari bildirgan munosabatlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Antonino Sangiuseppe

“Jenoa”ning bunaqa o‘yini natijasida Shomurodov V Seriyada ham birinchi golini urgan o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Giulio Vespasiani

O‘zbek hujumchisi Italiya kubogidagi o‘yinda birinchi golli pasini bergan edi. Endi A Seriyada ilk golini urdi. U Italiyani zabt etgan o‘zbek futbolchisi bo‘ldi!

Carlo Girini

Yaqindagina Shomurodovning transferi “Jenoa”ning eng katta xatosidek ko‘ringandi. Endi men uning iqtidoriga ishona boshladim. Agar u oxirgi uchrashuvlarda ko‘rsatgan o‘yinini bundan keyin ham davom ettirsa, uning 9 million evrolik transferi klub tarixidagi eng zo‘r xaridga aylanadi.

Francesco Anzano

Birinchi bo‘lib Ilyos Zeytullaev gol urmaganmidi?. U butun faoliyatini Italiyada o‘tkazgan-ku. “Jenoa”mizda ham bir mavsum to‘p tepgandi. Nahot, gol urmagan bo‘lsa?

Romani Tiziana (Francesco Anzano savoliga javoban)

Shomurodov o‘zbeklardan birinchi bo‘lib gol urdi. Zeytullaev A Seriyada deyarli o‘ynamagan. Ilyos gol urmagani aniq.

Roberto Cianchi

Yaqinda A Seriyadagi birinchi o‘zbekcha xet-trikni ko‘rishimizga ishonchim komil! Shomurodov keyingi paytda namoyish qilayotgan o‘yiniga qarab baho bersak, u hali ko‘p narsaga qodir ekani yaqqol ko‘rinib turibdi.

Giampiero Venerelli

“Jenoa” o‘zbek futbolchisi tarixga kirishi uchun atayin uni transfer qilganga o‘xshaydi.

Claudio Altobelli

O‘sha uchrashuvni tomosha qildim. Shomurodov nafaqat birinchi gol, balki dastlabki dubl muallifi ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin birinchi bo‘limda ozgina omad etishmadi. Barcha himoyachilarni ortda qoldirganiga qaramay, gol urolmadi.

1587073763_124_112_960_582_600x0_80_0_0_fd6bf068ab2993bfea8d14bea94e7e70

Endi Eldor Shomurodovning jamoasi 7 dekabr kuni safar uchrashuvida “Fiorentina” mehmoni bo‘ladi. Bu uchrashuvda o‘zbekistonlik legionerning asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 8 dekabrga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi.

Shomurodovning muvaffaqiyatidan so‘ng, Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?

“Eldor tez orada A Seriya grandlaridan biriga o‘tadi!”

Shomurodov «Jenoa» yulduzini zaxiraga mixlab, o‘zi gol ura boshladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!