"Jenoa" bosh murabbiyi Shomurodov gol urgan bellashuv haqida nimalar dedi?

  • 25 aprel, 2021, 16:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 33-turida "Jenoa" "Spetsiya"ni 2:0 hisobida taslim etganidan xabardorsiz. Ushbu bellashuvdan so‘ng, genuyaliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi:

Tecno

"Biz g‘alabani birgalikda nishonladik. Ammo hozircha hech narsaga erishganimiz yo‘q va ertadan kelgusi raqibimizga qarshi o‘yin uchun mashg‘ulotlarni boshlaymiz. 

"Jenoa"ga endi kelgan paytimda jamoa juda kam o‘yinlarda g‘alaba qozongandi va holat havas qilarli darajada emasdi. Shu kungacha bo‘lgan davrda biz ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatyapmiz, ammo natijalar quvonarli emasdi. Meni hayratda qoldirayotgan narsa "Jenoa"ning joriy mavsumni haddan tashqari qiyin o‘tkazgani bo‘lmoqda. 

Biz bugun raqib yarim maydoni ichida juda ko‘p kuch sarfladik va harakatlarimizga yarasha gollar bilan mukofotlandik, deb o‘ylayman. Men sizga klubga kelganimda guvoh bo‘lgan ko‘p narsalarni aytishim mumkin, ammo indamay qo‘ya qolaman. Shunchaki, o‘zingiz baho bering, 14-turda klub boshqaruviga kelganimda ularda 7 ochko bor edi. Ha, bugungi o‘yin birinchi davradagisidan farq qildi. Sababi, "Spetsiya" bilan ilk to‘qnashuvimiz bo‘lib o‘tgan paytda ularda biznikidan 2 barobar ko‘p ochko bor edi. Bugun esa hammasi teng bo‘lgan holda, maydonga tushdik. 

Ba’zi hujumchilar yana o‘sishi kerak. Ular A Seriyada yangi bo‘lgani uchun biroz qiyinchilikka uchramoqda", - dedi Ballardini. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!